Yuk tashish bo'yicha savol yo'llash
ALOQA TELEFON RAQAMI:
(375) 227-10-26, 220-08-80

"QARSHI MINTAQAVIY TEMIR YO'L UZELI" UK

Qarshi MTU.jpg

Nizomi “Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJ boshqaruv raisining birinchi oʼrinbosari А.S.Shukurov tomonidan 30.03.2017 yilda tasdiqlanigan va Tadbirkorlik subʼektlarini davlat roʼyxatidan oʼtkazish “Yagona darcha” markazida 4142-son bilan roʼyxatga olingan. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi “Аktsiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-4720-sonli farmoni hamda “Oʼzbekiston temir yoʼllari” DАTK Kengashi va yagona aktsiyadorining 2015 yil 30 apreldagi №59sonli qoʼshma yigʼilishi qaroriga muvofiq, tarkibiy boʼlinmalari nomlanishini qonun talablariga muvofiqlashtirish maqsadida, “Oʼzbekiston temir yoʼllari” DАTK boshqaruv raisining 2015 yil 2 iyundagi “Tarkibiy boʼlinmalari nomlanishini qonun talablariga muvofiqlashtirish toʼgʼrisida”gi №249-N-sonli buyrugʼiga asosan “Oʼzbekiston temir yoʼllari” DАTK nomi “Oʼzbekiston temir yoʼllari” aktsiyadorlik jamiyatiga oʼzgartirilgan va Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligida 2015 yil 25 mayda davlat roʼyxatidan oʼtkazilgan. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 28 oktyabrdagi “Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJ “Boshqaruv faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 375-sonli qaroriga asosan Qarshi mintakaviy temir yoʼl uzeli “Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJ tashkiliy tuzilmasiga kiritilgan. Nizomga asosan uzelning asosiy vazifalari quyidagilar: aholi va xoʼjalik subʼektlarini temir yoʼl tashishlariga boʼlgan extiyojini toʼla va oʼz vaqtida qondirish; tashuvlar mintaqaviy bozori konʼyunkturasini oʼrganish ularning infratuzilmasini shakllantirish, shuningdek temir yul tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish; temir yoʼl transporti xizmat koʼrsatiladigan mijozlar yukini oʼz vaktida yuklar butligini taʼmiilangan holda manziliga yetkazish; temir yoʼl transportining xizmat koʼrsatiladigan hudud doirasida barqaror va xavfsiz ishlashini taʼminlash, foydalanuvchilarga keng koʼlamda temir yoʼl xizmatlarini koʼrsatish; qurilish-montaj pudrat ishlarini mukammal va joriy taʼmirlash (elektr uskunalarini, aloqa va STsB qurilmalari)ni amalga oshirish; joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan birgalikda temir yoʼl transporti boʼlinmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar majmuasini amalga oshirish; xizmat koʼrsatiladigan hududdagi temir yoʼl tarmoqlarining barqaror ishlashini hamda temir yoʼllarining oʼtkazish qobiliyatini oshirish choratadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; Oʼzbekiston Respublikasi chegaralari orqali yuk va yoʼlovchilarni tashish borasida joylardagi bojxona va soliq organlari, chegara xizmati bilan aniq muvofiqlashtirilgan holda oʼzaro hamkorlikni taʼminlash. 
Yangiliklar
Fuqarolar murojaatlari
O’zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati haqidagi qonuniga muvofiq O’zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslar, chet el fuqarolari, va fuqaroligi bo’lmagan shahslari ariza, taklif va shikoyatlar bilan davlat organlariga murojaat qilishga haqli
Murojaat yo'llash